AsosiySiyosat

Bugun “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasining ekspertlik muhokamasi bo`lib o`tdi

'Bugun “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasining ekspertlik muhokamasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zEOAVMA Media xoll binosida tashkil etilgan muhokamada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, turli soha ekspertlari, Davlat dasturi ijrosi uchun mas`ul vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ekspertlik muhokamasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida” gi farmoyishiga asosan o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari spikeri sifatida ishtirok etdilar.


Ekspertlik muhokamasi davomida qatnashchilar “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi hamda mexanizmlari, xalqaro tajribaning inobatga olinganligi, yakuniy natija kabi masalalar haqida fikr yuritildi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun www.2018.strategy.uz sayti hamda www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

“Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi 237 banddan iborat bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida keltirilgan asosiy g`oya va takliflar hamda “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlil qilinib, kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar