Maktabgacha ta`lim vazirining Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi 598- hamda 240-sonli maktabgacha ta`lim muassasalariga rejalashtirmagan tashrifidan so`ng aniqlandiki, bog`chalarda belgilanganidan ortiq tarbiyalanuvchilar mavjud. Yashnobod tumanidagi 240-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida esa kun rejimi, sanitariya me`yorlari, bolalarni saqlash qoidalariga rioya qilishda qoidalari buzilganligi aniqlandi. Shuningdek, vazirlik rahbariyatida mazkur MTMdagi bolalarning ovqatlanishi borasida ham savollar paydo bo`ldi. 240-sonli bolalar bog`chasining mudiriga intizomiy choralar qo`llanildi.
Maktabgacha ta`lim vaziri kamchiliklarni tezda bartaraf etish, maktabgacha ta`lim muassasalarini ta`mirlash va bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo`yicha ko`rsatmalar berdi.






