AsosiyJamiyat

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri etib TDIU rektori tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Alisher Vahobov O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun nashri xabar bergan.

Alisher Vahobov oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimida Bahodir Hodievni almashtirdi. Hodiev 2010 martidan beri vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgan edi – vazirlikdan avval Hodiev ham iqtisodiyot universitetiga rektorlik qilgan.

Universitet vakilining ma`lum qilishicha, Vahobov 14 aprel kuni vazir etib tayinlangan, uning o`rniga kim rektor etib tayinlangani hozircha ma`lum emas.

Ma`lumotlarga ko`ra, Bahodir Xodiev fan, ta`lim va madaniyat masalalari bo`yicha O`zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi etib tayinlangan. Ushbu lavozimda ishlagan Jahongir Ismoilov 10 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga direktor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar