Kolsovo aeroportidan bugun soat 6:10 da parvoz qilishi kerak bo`lgan “Ekaterinburg – Toshkent” reysi olti soatga kechiktirildi, - bu haqda apiural.ru sayti xabar bermoqda.
“Uralskie avialinii” aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan U6-2961 reysi "texnik sabablarga" ko`ra kechiktirildi.
Aeroport onlayn-tablosida samolyot kechikib, 12:30da parvoz qilishi to`g`risida ma`lumot osilgan bo`lsada, layner yana 20 daqiqaga kechikdi va faqat 12:50da u uchish yo`lagida parvoz qildi.
Aviakompaniya matbuot xizmatida ma`lum qilishlaricha, yo`lovchilarga federasiya aviasiya qonunlariga ko`ra barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.





