Buxoro viloyat Olot tumani sanoat va transport kasb-hunar kollejida Yoshlar ittifoqining ta`lim muassasalaridagi Yoshlar etakchilari bilan o`tkazilgan ochiq muloqotda bir qator masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy ruhda ko`rib chiqildi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi o`rinbosari, "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Madina Baratova boshchiligidagi ochiq muloqot davomida Yoshlar etakchilarining faoliyatda yo`l qo`ygan kamchiliklari aytib o`tildi. Xususan, ta`lim muassasalaridagi o`quvchilarning Yoshlar ittifoqi va "Kamalak" bolalar tashkilotining maqsad va vazifalari, yoshlar hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligi, uning faollariga beriladigan imtiyozlar to`g`risidagi ma`lumotlardan xabardorligi qoniqarsiz baholandi. Jumladan, yoshlarga berilishi lozim bo`lgan a`zolik guvohnomalarining ba`zi bir ta`lim muassasalarida hali-hanuz chang bosib turganligi, Sardorlar Kengashi a`zolari saylangan bo`lsada, saylov jarayonlaridan so`ng ular bilan tizimli ish olib borilmaganligi tanqid ostiga olindi



- Ba`zi bir ta`lim muassasalarida Yoshlar ittifoqining Boshlang`ich tashkilotlari faoliyatini to`xtatib qo`ysa ham o`quvchilar hayotida hech nasa o`zgarmaydi,- deydi viloyat "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Madina Baratova. Yoshlar etakchisi shunday faoliyat olib borishi kerakki, bir daqiqada ham uning yo`qligi sezilsin. Shundag ishlash kerakki, o`quvchilarda muammo bo`lsa birinchi o`rinda Yoshlar etakchisining oldiga shoshilishsin. Ularning har bir yutug`ida Yoshlar ittifoqining o`rni bo`lsin. Bizga bor-yo`qligi bilinmaydigan Yoshlar etakchisining umuman keragi yo`q.
Zarnigor Nafiddinova
Abdulla Rajabov






