Navoiy viloyatida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Tadbirkorlar kuni” loyihasi tashkil etildi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
– O`n xildan ortiq qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiramiz. 2017 yilda 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildik, – deydi Nurota tumanidagi “Azim ota” fermer xo`jaligi rahbari, 21 yoshli Azimbek Azimov. – 2018 yil esa yong`oq va no`xot mahsulotlarini eksport qilish bo`yicha shartnoma imzoladik. Maqsadim – kredit olib, mahsulotlar turi va ishlab chiqarish ko`lamini kengaytirish, eksport hajmini oshirish. Agar rejamiz amalga oshsa, yana 20 doimiy ish o`rni tashkil etish, 10 mavsumiy ishchini yollashga erishamiz.
“Tadbirkorlar kuni” loyihasida yosh tadbirkor va fermerlarning takliflari o`rganilib, tegishli tavsiyalar berildi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etildi.
18.01.2018 13:08
Navoiylik yosh fermer 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildi






