AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi fojia bo`yicha O`zbekiston tomoni rasmiy ma`lumot berdi

' Qozog`istondagi fojia bo`yicha O`zbekiston tomoni rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugun, 18 yanvar kuni Qozog`istonda yo`lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu fojia yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bayonot berishdi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko`ra, avtobusda 55 nafar yo`lovchi, 2 nafar haydovchi bo`lgan (hozirgi ma`lumotlarga ko`ra, ular O`zbekiston fuqarolari). Shundan 5 nafari jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Qolgan 52 nafar yo`lovchi voqea joyida vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, 55 nafar yo`lovchi O`zbekiston, 2 nafari esa Qozog`iston fuqarolari bo`lishi mumkin. Hozirda fuqarolikka aniqlik kiritilmoqda.

Zudlik bilan Irgiz tumanidagi halokat joyiga O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi xodimlari yuborildi, deyiladi TIV xabarida.

Boshqa yangiliklar