AsosiyDunyo

Gvineyalik tabib yuzlab ayollarni aldab, ularni homiladorligiga ishontirdi

'Gvineyalik tabib yuzlab ayollarni  aldab, ularni homiladorligiga ishontirdi'ning rasmi

Gvineyada yuzlab ayollarni aldagan tabib ayol qamoqqa olindi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Tabib ayol davolanishga kelgan befarzand ayollarga turli giyohlardan tayyorlangan damlamani berib, go`yoki davolagan. Natijada ayollarning qorni shishib, sun`iy “homiladorlik” yuzaga kelgan. Ular to 9 oy to`lib, tug`ish fursati etmaguncha homiladorliklariga ishonishgan. Ayollar tabibning xizmati uchun 33 dollardan haq berishgan. Polisiyaning ma`lumot berishicha, tabib ayol mazkur yo`l bilan minglab dollar pul topgan.

16 yanvar kuni aldangan 200 ga yaqin ayol polisiya binosi yoniga kelib, norozilik namoyishini o`tkazgan. Tabib ayol 17 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan 700 nafar ayolni aldagan.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotga ko`ra, Afrika mamlakatlarining 80 foiz aholisi davolanishda hamon an`anaviy xalq taboboti usulidan foydalanishni ma`qul ko`radi.

    Boshqa yangiliklar