1

Aqto`beda yongan avtobusning egasida yo`lovchi tashish uchun lisenziya bo`lmagan

Jamiyat 18.01.2018, 16:53
Teglar: Aqto`badagi avtobus fojiasi
 Aqto`beda yongan avtobusning egasida yo`lovchi tashish uchun lisenziya bo`lmagan

Payshanba kuni ertalab Qozog`istonning Aqto`be viloyatida ro`y bergan fojia oqibatida yonib ketgan va 52 kishining o`limiga sabab bo`lgan avtobusning egasi yo`lovchi tashish uchun lisenziyaga ega bo`lmagan.

Bugun ertalab qo`shni Qozog`iston Respublikasi Aqto`be viloyatining Irg`iz tumanidan o`tuvchi Samara – Chimkent avtomobil yo`lining 1068-kilometrida ichida 57 kishi, jumladan, 2 nafar haydovchi bo`lgan avtobus alanga iskanjasida qoldi. Qozog`iston hukumati vakillarining ma`lumotlariga ko`ra, yong`in tufayli 52 kishi halok bo`lgan, besh kishi — ikki nafar haydovchi va uch yo`lovchi qutilib qolgan, ular o`rtacha og`irlikdagi kuyish bilan jarohatlanishgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilar o`zbekistonlik, haydovchilar qozog`istonlik bo`lishgan.

«Avtobus: Kassbohrer Setra X335RSM. Egasi: Mextiev Orduxan Sabirogli. Ishlab chiqarilgan yili: 1989 yil. Sig`imi: 59 kishi. Muntazam qatnovlar ro`yxatida: mavjud emas. Muntazam bo`lmagan yo`lovchi tashish uchun lisenziyasi (ijara shartnomasi bo`yicha ishlashga ruxsat nazarda tutilmoqda): yo`q», — deyiladi idoraning xabarida.

Idoraning ma`lumotiga ko`ra, avtobus majburiy texnik ko`rikdan 2015 yilning 17 avgustida o`tgan va uning muddati 2016 yilning 17 fevralida tugagan.

Sharhlar

Aqto`beda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi

26.01.2018, 06:30

Joriy yilning 18 yanvar kuni Aqto`be viloyatida yong`in oqibatida 52 kishining o`limiga sababchi bo`lgan avtobus haydovchilari hibsga olindi va Vaqtinchalik Saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqda...
Toshkent viloyati imomlari Namanganga ta`ziyaga borishdi

23.01.2018, 12:12

Og`ir kunlarda doimo bir-biriga elkadosh bo`lgan xalqimiz shu kunlarda Qozog`istonda ro`y bergan fojiadan halok bo`lgan hamyurtlarimiz oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, ta`ziya bildirishda davom...
Aqto`beda halok bo`lganlar qabrga qo`yildi

23.01.2018, 11:41

23 yanvar, seshanba kuni tongda Namangan xalqaro aeroportiga Aqto`beda halok bo`lganlarning tobuti ortilgan FVV samolyoti kelib qo`ndi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.Samolyotda fojia qurboni...
O`zbekistonda o`tkazilishi rejalashtirilgan xayriya marafoni bekor qilindi

22.01.2018, 16:42

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent vaqti bilan 16-00da Respublika prezident qabulxonasi oldidan start berilishi rejalashtirilgan Aqto`be qurbonlari oilalariga yordam xayriya marafoni bekor qilindi. Bu haqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1