Angliyaning Ekster shahrida yashovchi, avtobus haydovchisi bo`lib ishlovchi Frenk Priddis ismli erkakka kasalxonadan qo`ng`iroq qilishib, rafiqasi vafot etganligini xabar qilishdi, biroq kasalxonaga kelgan erkak rafiqasining palatada uxlab yotganligini ko`rdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Priddisning aytishicha, u kasalxonaga etib kelgunga qadar rafiqasini olamdan o`tdi, deb hisoblagan. Hamshira unga qo`ng`iroq qilganda, saratonga chalingan rafiqasining vafot etganiga bir soat bo`lganligini bildirgan. Kasalxonaga etib kelgan Priddis shifokorni kutib o`tirgan vaqtida, negadir rafiqasi yotgan palataga mo`ralagan. Shunda palatada karavotda uxlab yotgan rafiqasiga ko`zi tushgan.
Ma`lum bo`lishicha, kasalxona hamshirasi unga adashib qo`ng`iroq qilgan. Kasalxona ma`muriyati anglashilmovchilik uchun Priddisdan uzr so`radi.






