O`zbekistonda istiqlol yillarida chaqaloqlar o`limi 3,2 marotaba kamaydi. Bu haqda O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlari guvohlik bermoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda mustaqillik yillarida onalar o`limi 3,1 marta kamaygan. “Ona va bola skriningi” dasturini amalga oshirish yordamida nuqsonli bolalar tug`ilishi 2000 yildan beri 1,8 marta kamaydi, deya xabar beradi Uzdaily nashri.
Bugun mamlakatimizda 92% bola Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos hisoblanadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2005 yilda mamlakatda butkul sog`lom bolalar ko`rsatkichi 52,7 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2013 yilda ushbu raqam 63 foizdan oshdi. Rivojlangan mamlakatlarda, ushbu ko`rsatkich 70-72 foizni tashkil qiladi, ushbu misol esa O`zbekistonning ushbu sohada erishayotgan yutug`idan dalolatdir.
Mamlakatimizda tez-tez salomatlik haftalari o`tkaziladi. 2014 yilda uzoq tumanlardagi 145 ming nafar aholini chuqrlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazish rejalashtirilgan.





