1

Toshkentda terroristik tashkilotlarga onlayn yollovchi ikki gumondor qo`lga olindi

Jinoyat 19.01.2018, 15:27
Toshkentda terroristik tashkilotlarga onlayn yollovchi ikki gumondor qo`lga olindi

Toshkentda Facebook orqali o`zbekistonliklarni Suriyadagi terroristik tashkilotlarga yollashda gumon qilingan shaxslar qo`lga olindi. Ular ta`siriga 23 kishi tushib qolgani xabar qilindi.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan birgalikda Toshkentning Olmazor va Yunusobod tumanlarida istiqomat qilib, taxminlarga ko`ra Suriyadagi «Tavhid val-Jihad» terroristik tashkilotiga borib qo`shilishni rejalashtirayotgan ikki nafar O`zbekiston fuqarosini qo`lga oldi, deya xabar qildi «O`zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi.

Tergov jarayonida qo`lga olinganlar Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali terroristik tashkilotlar bilan aloqa bog`lab, respublika fuqarolarini «jihod"da ishtirok etishga taklif qilgan. Ularning o`z xatti-harakatlari orqali moddiy ko`mak olgani xabar qilindi.

Bundan tashqari, qo`lga olingan gumondorlar O`zbekiston konstitusion tuzilishiga qarshi materiallar va buzg`unchi g`oyalarni tarqatish uchun internetdan foydalangan.

Qo`lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-(O`zbekiston Respublikasining konstitusion tuzumiga tajovuz qilish), 244−1-(Jamiyat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish qilish) va 244−2-(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalari bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Qo`lga olinganlarning ta`siriga tushgan 23 nafar O`zbekiston fuqarolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1