1

Halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatiladi

Jamiyat 19.01.2018, 15:55
Halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatiladi

Kecha Qozog`iston Respublikasiga jo`nab ketgan halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha tashkil etilgan tezkor tibbiy guruh kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-med ekspert va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan.

Guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan etarli darajada ta`minlangan.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan olingan ma`lumotga ko`ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun zaxira o`rinlari tayyorlangan. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1