1

Yo`lda qolgan yo`lovchilar – bunga nima sabab? (foto)

Jamiyat 19.01.2018, 17:51
Yo`lda qolgan yo`lovchilar – bunga nima sabab? (foto)

18 yanvar payshanba kuni ertalab Andijonda ko`pchilik ish joylari, ta`lim muassasalariga ancha kechikib keldi. Sababi, yo`lovchi tashuvchi transport vositalarining aksariyati yonilg`i bo`lmaganligi sababli harakatni to`xtatishga majbur bo`ldilar. "Andijonnoma" gazetasi tahririyati xodimlari “O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati “Andijongaz” xududiy gaz ta`minoti avtomobillarga gaz quyish shahobchalari bilan ishlash xizmati boshlig`i Farxodbek Jabborov bilan bog`lanib, masalaga oydinlik kiritdilar.

"Kecha “Magistral gaz tarmog`i”da favqulodda holat yuzaga kelganligi sababli gaz quyish shahobchalarida yonilg`i etkazib berishda muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun avtomobillarga gaz ehtiyojdan ozroq miqdorda quyilmoqda. Ayni paytda magistral tarmoqdagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda. Bugun kechgacha muammo hal etiladi", deya javob berdi boshqarma boshlig`i.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1