1000 dollar evaziga hujjat to`g`rilamoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 20.01.2018, 09:33
1000 dollar evaziga hujjat to`g`rilamoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Er maydoni kadastr hujjatlarini pora evaziga "to`g`rilashga" va`da bergan xodim jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Huquq" gazetasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Ellikqal`a tuman Er resurslari va davlat kadastri bo`limi bosh mutaxassisi bo`lib ishlagan X.Saparov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) hududdagi fermer xo`jaliklaridan birining rahbari J.Ibadullaevga uning er maydoni kadastr hujjatlarini "to`g`rilashga" yordam berishini aytadi.

Xodim hech kanday to`lov to`lanmaydigan kadastr xizmatlari uchun undan 1000 AQSh dollari so`raydi.

Avvaliga fermerlik harakatini kengaytirish, ya`ni qo`shimcha parrandachilik bilan shug`ullanish maqsadida 6 gektar er maydoniga ega bo`lish ishtiyoqidagi fermerga bu va`dalar ma`qul tushadi va u aytilgan miqdordagi pulni berishga rozi bo`ladi.

Biroq, oradan kunlar o`tib, J.Ibadullaev bu harakatlarning "ma`no"sini tushunadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.

Uning murojaati yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda X.Saparov J.Ibadullaevdan firibgarlik yo`li bilan talab qilingan pulning 800 AQSh dollarini olayotgan paytda qo`lga olindi va sudning hukmiga binoan jinoiy jazoga tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1