AsosiyJamiyat

Avtobusning yonib ketishiga qo`lbolla moslama va benzin sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda

'Avtobusning yonib ketishiga qo`lbolla moslama va benzin sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda'ning rasmi

Oqto`ba viloyatining Irg`iz tumanida kecha 19:00 da yonib ketgan avtobus qoldiqlarini ko`zdan kechirish ishlari yakunlandi, deya xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi. Avtobus korpusi jiddiy texnik ekspertizadan o`tkazish uchun Oqto`ba shahriga keltiriladi.

Viloyat yo`l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmatiga ko`ra, mazkur fojiada jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda fojiada tirik qolganlarni so`roq qilish, hodisa bilan bog`liq barcha dalillarni o`rganish ishlari davom etayotir.

Agentlik xabariga ko`ra, mazkur hodisa munosabati bilan voqea joyiga etib borgan O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo`raev Qozog`istonning tegishli idora va tashkilotlariga ko`rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Qozog`iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o`rinbosari Erlan Turg`umbaevning ma`lumot berishicha, avtobus ichidan qo`lbola isitkich ham topilgan. Taxminlarga ko`ra, mazkur moslamadan haydovchilar salonni isitish maqsadida foydalanishgan. Vazir o`rinbosarining fikricha yong`in ushbu moslamadan kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin.

Shuningdek, avtobus salonida katta miqdorda benzin ham yuklangani aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, kecha kechqurun 18 yanvar kuni avtobus halokati sababli halok bo`lgan hamyurlarimizning jasadlari Toshkent xalqaro aeroportiga keltirilgan.

Boshqa yangiliklar