2017 yilning 3-choragidan boshlab, «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarida avtobus haydovchilari va chiptachilarni ishga qabul qilish, ishdan bo`shatishni nazorat qilishni ta`minlash bo`yicha korxona direktorining tasarruf bo`yicha o`rinbosari, xodimlar bo`limi boshlig`i, kasaba uyushmasi raisi, harakat xavfsizligi bo`limi boshlig`i, avtosaf boshlig`idan iborat buyruq asosida Hay`at tuzilgan.
«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi A.Jo`raevning O`zAga taqdim etgan ma`lumotlariga ko`ra, mazkur Hay`at a`zolari tomonidan ishga talabgor bo`lgan fuqarolarni mehnat tajribasi, ishga layoqatligi, muomala madaniyati va shu kabi jihatlarini inobatga olinadi. Hay`at a`zolarining xulosasi korxona direktoriga taqdim etiladi.






