AsosiyJamiyat

Prezident halok bo`lganlarning oilalariga kompensasiya ajratish to`g`risida topshiriq berdi

'Prezident halok bo`lganlarning oilalariga kompensasiya ajratish to`g`risida topshiriq berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga ko`ra, Qozog`iston Respublikasining Oqto`ba viloyati Irgiz tumanida "Samara-Chimkent" avtomobil yo`lida avtobus yonishi oqibatida halok bo`lgan 52 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot-xizmati.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog`liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo`lganlarning oilalariga ma`naviy va moddiy yordam ko`rsatish bo`yicha zarur choralar ko`rilmoqda.

Boshqa yangiliklar