Mutaxassislarning bildirishicha, O`zbekistonda Eron hududidan juda issiq havo oqimi kirib kelganligi natijasida harorat ko`tarila boshlagan. O`zgidromet ma`lumotlariga ko`ra, respublikaning katta qismida havo harorati ko`p yillik o`rtacha ko`rsatkichdan 10−12 darajadan oshmoqda.
22 yanvar uchun ob-havo bashorati
Toshkent
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+7, kunduzi +10…+12 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +5…+10; Ustyurtda kechasi −3…−8, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…+2, kunduzi +7…+12 daraja bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, ayrim joylarda 0…-2, kunduzi +9…+14 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, kunduzi +9…+14 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…-5, kunduzi +7…+12 daraja bo`ladi.
O`zbekistonning tog`li hududlari
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi +3…+8 daraja bo`ladi.






