«Orzu va hayot» xalqaro xayriya jamoat fondi rahbari Ilhomjon Qosimov Aqto`be shahrida yuz bergan fojea — avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo`lgan o`zbekistonliklar oilalariga moddiy yordam berish maqsadida xayriya marafonini o`tkazmoqda.
Marafon 2018 yil 18 yanvar kuni yuz bergan dahshatli halokat — 52 nafar migrantning avtobus ichida yonib halok bo`lganining 3 kunidan so`ng o`tkazilmoqda. Marafonga 22 yanvar kuni 16.00 da Toshkenda, Prezident qabulxonasi oldida start oladi.
Marofon tashkilotchisining aytishicha, naqd pul holatida tushadigan xayr-ehsonlar maxsus qutilarda jamlanib boriladi, qolaversa, fuqarolar mablag`larni marafonga safarbar etilgan avtomobildagi aksiya qog`ozlarida yozilgan hisob-raqamlariga o`tkazishlari mumkin bo`ladi. tushadigan mablag`lar Oqto`ba qurbonlari oilalari o`rtasida teng taqsimlanadi.
Ta`kidlanishicha, marafon Toshkentdan boshlanadi va Guliston, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm, To`rtko`lni bosib o`tib, Buxoroga qaytadi va u erdan Qarshi, Shahrisabz, Olmaliq bilan Farg`ona, Andijon va oxiri Namanganga kelib, sarhisob qilinadi.