1

2017 yilda O`zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi belgilangan edi. Reja bajarildimi?

Jamiyat 22.01.2018, 14:10
2017 yilda O`zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi belgilangan edi. Reja bajarildimi?

O`tgan yili O`zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi. Xususan, uy-joyga muhtoj va kam ta`minlangan oilalar uchun 19,5 mingta, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratilishi belgilangan edi, deb yozadi O`zA.

2017 yil oxiriga qadar ushbu uy-joylarning 19 mingtasi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Qolgan qismi joriy yilning birinchi choragiga qadar egalariga topshirilishi kutilmoqda.

Bu uy-joylarni moliyalashtirish uchun 3 trillion 350 milliard so`mdan ko`proq mablag` yo`naltirildi.

Mazkur turar joy massivlarida 440 kilometr suv, 340 kilometr elektr hamda 330 kilometr gaz tarmoqlari, 291 kilometr avtomobil yo`llari qurildi. 134 infratuzilma ob`ekti barpo etildi.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilda arzonlashtirilgan uy-joylarning 1 va 2 toifalari uchun boshlang`ich mablag`lar 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi.

2_1_.jpg

3.jpg

6_1_.jpg

8.jpg

10_1_.jpg

20.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1