Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`istonda avtobus yonishida halok bo`lgan 52 nafar o`zbekistonlikning oilalariga yordam uchun tashkil qilingan xayriya aksiyasining birinchi kunida 60 million so`mdan ortiq mablag` yig`ildi. Bu haqda aksiya tashkilotchidaridan biri, bloger Xushnudbek Xudayberdiev Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.
Bunda O`zbekistondan so`m plastikka o`tkazilgan, pul o`tkazish xizmatlari orqali xorijdan yuborilgan naqd pullar (hali qo`lga olinmagan bo`lsa ham) hamda PayPal tizimi orqali o`tkazilgan elektron pullar hisobga olindi. «Hali biz 60 million ichiga valyuta kartasiga o`tkazilgan pullarni qo`shmadik, chunki kartada SMS-xizmat yo`qligi sababli hisobini bila olganimiz yo`q, ertaga aniqlaymiz. Demak, mazkur summa yanada oshishi aniq», — deb yozadi bloger.
21 yanvar, yakshanba kuni tashkilotchilardan biri Bahriddin Chustiy Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumani hokimiyati vakillari bilan bir qancha oilalarga tashrif buyurdi. Ushbu tumanda 21 kishini yo`qotgan 20 oila istiqomat qilib, ularning 10 tasi bitta mahalla «Katta qurama» fuqarolaridir. Shu kuni jami 12 million 300 ming so`m tarqatildi. Bunda: Rahmonov Omonullo xonadoniga 5 000 000 so`m (sharoiti og`irroq bo`lgani uchun); Nishonov Otabek xonadoniga 2 500 000 so`m; Hoshimboev Nurmuhammad xonadoniga 2 500 000 so`m; Umaraliev Solijon xonadoniga 2 300 000 so`m.
«Xayriya aksiyamiz davom etadi. Hozircha dastlabki rejalarimiz bo`yicha, xalqimizning sahovati natijasida har bir marhumning oilasiga 10 mln. so`mdan ajratishni niyat qilganmiz. Shunda taxminan 500 million so`mdan ko`proq mablag` kerak bo`ladi. Umid qilamizki, birgalashib, ushbu dovonni bemalol zabt eta olamiz», — qayd etadi Xushnudbek.
So`mda pul o`tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo`q):
8600 3104 3723 2663
Xorijiy valyutada pul o`tkazmalari uchun plastik raqami:
4847 9907 0722 6123
Ikkala karta ham Bahriddin Najmiddinov nomiga ochilgan.
Shuningdek, xorijdagilar PayPal tizimi orqali ham quyidagi manzilga pul o`tkazishlari mumkin:
Savollar tug`ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.