AsosiyJamiyat

To`raqo`rg`onda halok bo`lganlarning oilalariga 5 mln so`mdan mablag` ajratildi

'To`raqo`rg`onda halok bo`lganlarning oilalariga 5 mln so`mdan mablag` ajratildi'ning rasmi

Namangan viloyatida Aqto`bedagi fojida halok bo`lganlarning oila a`zolariga hokimliklar va keng jamoatchilik tomonidan zarur yordam ko`rsatilmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

— Avvalo, fojiali halok bo`lgan har bir yigitning xonadoniga bo`lib, ularning oilaviy sharoitini o`rganish va shunga asosan tegishli yordam ko`rsatish, oila a`zolarini ahvol-ruhiyasini nazoratga olishga alohida e`tibor berilmoqda, — deydi To`raqo`rg`on tumani hokimi G`ulomjon Murodxo`jaev. — Har bir oilaga davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan mas`ullar, shifokorlar biriktirildi. Halok bo`lganlar oilalarini moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash uchun 5 million so`mdan mablag` ajratildi, ma`raka-marosimlarni o`tkazish uchun homiylar tayin qilindi. Shuningdek, mazkur oilalarning kommunal sohaga doir turli muammolari hal etib berilmoqda.

Kosonsoy tumanining Chindovul qishlog`idagi sakkiz xonadonga mavhum motamsarolik soya tashlab turibdi.

— Albatta, bu yo`qotishlarning o`rnini hech narsa bilan to`ldirib bo`lmaydi, — deydi «Mahalla» xayriya jamg`armasi Kosonsoy tuman bo`limining raisi Abdusamad Dadaboev. — Biroq mahalla-kuy tomonidan bu oilalar a`zolarining g`am-qayg`ularini iloji boricha engillatishga harakat qilinmoqda. Har bir motamzada xonadonga «Nuroniy» jamg`armasi tomonidan 1 million so`mdan moddiy yordam ajratildi. Bundan tashqari bir tonnadan ko`mir, gaz balloni, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlanmoqda.

Boshqa yangiliklar