Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent vaqti bilan 16-00da Respublika prezident qabulxonasi oldidan start berilishi rejalashtirilgan Aqto`be qurbonlari oilalariga yordam xayriya marafoni bekor qilindi. Bu haqda "Orzu va hayot" Xalqaro xayriya jamoat fondi rahbari Ilhomjon Qosimov Facebook‘dagi sahifasida ma`lum qildi.
"Assalomu alaykum azizlarim. E`lon qilingan ta`ziya marafoni o`tkazilishi xaqidagi xabarni to`xtatildi deb hisoblashingizni so`rayman. Qandaydir kimsalar aynan biz toza fikr bilan boshlagan xayrli ishimizdan g`ayrli maqsadda foydalanib o`zlari xisob raqam ochib butun ijtimoiy tarmoqga meni nomimdan xarakatlanishni boshlab yuborishibdi. Har xil javobgarlikdan o`zimni soqit qilish maqsadida o`tkaziladigan ta`ziya marafonini o`tkazmaslikga qaror qildim", — deyilgan xabarda.
Post muallifi tavsiyasiga ko`ra, Aqto`be qurbonlari oilalariga yordam berishni xohlagan fuqarolar bundan buyog`iga mahalliy hokimlik vakillariga murojaat qilishlari lozim.