1

Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik qilganlar qo`lga olindi

Jinoyat 23.01.2018, 10:09
Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik qilganlar qo`lga olindi

2018 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan "Zolotaya rbka" nomli saunada tekshiruv o`tkazildi.

Tekshiruv davomida fuqarolar 1998 yilda tug`ilgan Tashkenbaeva Kamolaxon Botir qizi, 1990 yilda tug`ilgan Razzoqova Umida Maxmudovna va 1992 yilda tug`ilgan Valieva Kumushlar saunada fohishalik bilan shug`ullanib, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu muassasa rahbari, 1983 yilda tug`ilgan Abduraxmanova Lutfinisa Abduraxmon qiziga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismi (Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo`yish)ga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek Tashkenbaeva, Razzoqova hamda Valievalarga nisbatan O`zbekiston Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190 fohishalik bilan shug`ullanish) va 223-modda (Pasport tizimi qoidalari buzish)siga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1