1

300 mln so`mlik tilla buyumlarni aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan firibgar ushlandi

Jinoyat 23.01.2018, 10:23
300 mln so`mlik tilla buyumlarni aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan firibgar ushlandi

Firibgarlik jinoyati uchun bir necha bor sudlangan (ism-shariflar o`zgartirilgan) Toshkent viloyati Yangiyo`l shahrida yashovchi Sh.Bakirov tegishli jazosini olib ham o`ziga to`g`ri xulosa chiqarmadi, deb yozadi O`zA.

2017 yil avgust oyida hududdagi Samarqand ko`chasida yashovchi K.Sultonovaning ishonchini suiiste`mol qilib, aldov yo`li bilan undan bahosi 300 million so`m bo`lgan tilla taqinchoqlarni olib, shu kunga qadar qaytarib bermay, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Sh.Bakirov ancha vaqt turli bahonalar bilan jabrlanuvchidan o`zini olib qochar, telefon qo`ng`iroqlariga ham javob bermay yurdi. Shundan keyin firibgarning aldoviga chuv tushganini tushungan K.Sultonova ariza bilan shahar ichki ishlar idorasiga murojaat qildi. Ayblanuvchi tezda qo`lga olinib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1