AsosiyJamiyat

Qozog`iston musulmonlari idorasi raisi Aqto`bedagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

'Qozog`iston musulmonlari idorasi raisi Aqto`bedagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Qozog`istonning Aqto`be viloyatidagi fojiada 52 nafar o`zbekistonlik fuqaro halok bo`lgani munosabati bilan xorijiy musulmonlari idoralari rahbarlari, muftiylar nomidan O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi nomiga hamdardlik maktublari kelmoqda, deb xabar beradi diniy idora matbuot xizmati.

Hurmali Muftiy hazratlari!

Qozog`istonning Aqto`be viloyatida ro`y bergan fojiali hodisada 50 dan ziyod o`zbekistonlik qardoshlarimiz qurbon bo`lgani bizni chuqur qayg`uga soldi. Shu munosabat bilan men Qozog`iston mo`min-musulmonlari nomidan Sizga, chuqur ta`ziya bildiraman.

Mazkur fojiali hodisa tufayli halok bo`lgan o`zbekistonlik qardoshlarimiz haqqiga Qozog`istonning barcha masjidlarida juma namozida duolar qilindi.

Alloh taolodan marhumlarni o`z rahmatiga olishini so`raymiz. Haq taolo bu musibat o`rnini xayrli ishlar bilan to`ldirsin.

Kamoli ehtirom bilan,

Serikbay hoji Oraz, Qozog`iston musulmonlari

idorasi raisi


    Boshqa yangiliklar