2018 yilgi Davlat dasturiga asosan davlat mulkini auksion savdolarida sotish va ijaraga berishda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llash bo`yicha keng joriy etiladi.
Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida ma`lumot berilishicha, bunda internet tarmog`ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etish;
ijaraga beriladigan davlat mulki ob`ektlari haqidagi ma`lumotlarni yagona portalda joylashtirish;
muayyan toifadagi davlat mulki ob`ektlarini ijaraga olish huquqini elektron auksion savdolarida sotish tartibini belgilash ;
davlat mulkini sotishda ishtirok etuvchi sub`ektlar doirasi, ularning huquq va majburiyatlari aniqlashtirish;
davlat mulkini real vaqt rejimida sotish nazarda tutiladi.






