O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 aprel kungi 178-sonli qaroriga asosan To`rtko`l tumanida ro`yxatda turmasdan yashab yurgan 68 ta fuqarolarga Fuqaroligi yo`q shaxs uchun O`zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomalari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.
To`rtko`l tumani hokimligining yig`ilishlar zalida bo`lib o`tgan tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, Ichki ishlar vazirligi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i, To`rtko`l tumani migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi boshlig`i hamda To`rtko`l tumani hokimining birinchi o`rinbosarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda ovul va mahalla fuqarolar yig`inlari raislari hamda guvoxnoma egalarining yaqin qarindoshlari qatnashdi.






