O`zmilliybank Samarqand viloyatining Urgut filialida, Farg`ona viloyatining Qo`qon filialida, Andijon viloyatining Shahrixon filialida, Surxondaryo viloyatining Denov filialida hamda Buxoro viloyatining G`ijduvon filialida J-USBP texnologiyasi asosida kredit ajratish joriy etilishi rejalashtirilganligi sababli, ushbu filiallarda mikrokredit sektori tashkil etilganligini ma`lum qiladi va shu sektorlarga xodimlar tanlovini e`lon qiladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
| Yoshi | 30 yoshgacha. |
| Ma`lumoti | Bank ishi, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi buyicha oliy iqtisodiy ma`lumotga ega bo`lish. |
| Tillarni bilish darajasi | O`zbek tili (a`lo), rus tili (yaxshi), ingiliz tili (yaxshi). |
| Qo`shimcha talablar | - analitik tahlil qilish qobiliyatiga ega bo`lishi; - Microsoft office (Word, Excel, PowerPoint)da ishlashni bilishi; - odamlar bilan tez muloqotga kirisha olishi va o`z fikrini to`lik bayon eta olishi. |
Tavsiya qilingan nomzodlar bilan Bosh Bank vakillari tomonidan imtihon va suhbat o`tkaziladi.
Tanlov quyidagi sanalarda o`tkaziladi:
| № | Tanlov o`tkazish joyi | Tanlov sanasi |
| 1. | Andijon viloyati Shahrixon filiali | 25.01.2018 y. |
| 2. | Farg`ona viloyati Qo`qon filiali | 26.01.2018 y. |
| 3. | Samarqand viloyati Urgut filiali | 30.01.2018 y. |
| 4. | Surxondaryo viloyati Denov filiali | 05.02.2018 y. |
| 5. | Buxoro viloyati G`ijduvon filiali | 07.02.2018 y. |
Qo`shimcha ma`lumotlarni Bosh ofisdagi (0 371) 234-42-69 telefon raqami orqali yoki quyidagi filiallardan olishingiz mumkin:
Qo`qon filiali - (0873) 542-03-06, 542-40-05;
Shahrixon filiali - (0374) 342-05-03, 228-48-66;
Urgut filiali - (0366) 233- 31 -95, 483-02-93;
Denov filiali - (0376) 224-24-03, 413-12-83;
G`ijduvon filiali - (0365) 223-55-29, 572-45-51.






