Jizzax viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2017 yilda 121 ming 805 ma`muriy huquqbuzarlik aniqlanib, 12 milliard 245 million so`mdan ortiq jarima solindi.
Mast holatda transport vositasini boshqargan 1 ming 840 nafar shaxsga nisbatan ma`muriy hujjatlar to`planib, sud idoralariga taqdim qilindi. Bu haqda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i R.TURSUNOV O`zA muxbiriga ma`lum qildi.
– Viloyatda yo`l-transport hodisasi sodir etilishi oldingi yilga nisbatan 4 taga ko`paygan, – dedi R.Tursunov. – Ushbu hodisa tufayli 116 kishi vafot etgan. Tahlillarga ko`ra, yo`l-transport hodisalarining to`rtdan bir qismi Toshkent-Termiz yo`lida, tungi vaqtda, yo`llarning to`liq yoritilmasligi, svetoforlar o`rnatilmagani yoki ta`mirga muhtojligi, haydovchilarning kuchli charchoq yoki mast holda transport vositasini boshqarishi tufayli sodir bo`lgan.






