AsosiyJinoyat

Toshkentda “Telegram” orqali mijoz “ovlagan” fohisha qizlar qo`lga olindi (video)

'Toshkentda “Telegram” orqali mijoz “ovlagan” fohisha qizlar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo`limi, Yashnobod tumani XOOB hamda “UzNews.uz” hamkorligida “Fohishalikka qarshi tungi tadbir” o`tkazildi.

Tashkiliy guruh tomonidan internet tarmoqlariga o`zining shahvoniy, xirsni uyg`otuvchi va behayo rasmlarini qo`yib, bir soatga 400 ming so`m pul evaziga jinsiy aloqa qiladigan ayol borligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida esa, haqiqatda ham ushbu ayolning fohishalik bilan shug`ullanishi borasidagi ma`lumotlar o`z tasdig`ini topdi.

Tungi soat 22:30 atrofida ushbu ayol, ya`ni G`anieva Zarina Abdujabborovnaning fohishalik bilan shug`ullanayotgani ma`lum bo`ldi.

Zarina Shayxontohur tumanida doimiy ro`yxatda turib, Toshkent shahar Yashnobod tumani “Parvoz” MFY Aviasozlar-1 mavzesida, internet orqali “mijoz” topib moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilib kelganligini tan oldi.

G`anieva Zarina Abdujabborovna ushbu manzildagi xonadondan, og`zaki kelishuvga asoslangan ijara asosida foydalanib kelgan.

Xonadon ko`zdan kechirilganda, Zarinadan boshqa yana 3 nafar ayollar borligi ham aniqlandi.

Jinoyat prosessual kodeks talabi hamda tergov siri bois yuqorida keltirligan ism-shariflar o`zgartirilgan.



Boshqa yangiliklar