1

O`qituvchining dala-hovlisini tunagan o`g`rilar qo`lga olindi

Jinoyat 24.01.2018, 17:43
O`qituvchining dala-hovlisini tunagan o`g`rilar qo`lga olindi

Xalqimiz egri yo`l bilan topilgan boylik hech qachon baxt keltirmaydi, deb bejiz aytmaydi. Joriy yil 20 yanvardan 21 yanvarga o`tar kechasi bir guruh shaxslar Qibray tumani Tuzel mahallasida yashovchi (ism-shariflar o`zgartirilgan) o`qituvchi K.Murodovaga tegishli dala-hovlida xonadon egalari yo`qligidan foydalanib, eshik qulfini buzadi va ichkariga kiradi.

Uydagi umumiy bahosi, 1 million 700 ming so`m bo`lgan “LG” rusumli televizor, “DVD”, “YASIN” rusumli tyuner, “LOK” rusumli kompyuter monitori va 300 ming so`m pulini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi voqeadan xabar topgach, zudlik bilan hududdagi osoyishtalik posbonlariga murojaat qiladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida o`g`rilik Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 1996 yilda tug`ilgan M.Bo`ronov, 1995 yilda tug`ilgan S.Kamronov va 2000 yilda tug`ilgan D.Qurbonovlar tomonidan sodir etilgani aniqlandi. “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” deganlaridek profilaktika inspektorlari tomonidan tezkor qidiruv natijasida o`g`rilar qo`lga olinib, aybiga iqror bo`ldi. Daliliy ashyo sifatida barcha jihozlar olib qo`yildi.

Ushbu holat bo`yicha tuman ichki ishlar bo`limi tomonidan ayblanuvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1