AsosiyJinoyat

Farg`onada 3 oylik chaqaloqni sotayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Farg`onada 3 oylik chaqaloqni sotayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

MXX Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o`tkazgan tadbir davomida 23 yoshli O.G. va 21 yoshli M.N. 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollar evaziga sotayotgan payt qo`lga olindi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Har ikki ayol voqea joyida ushlandi.

MXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlarining IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan ikkinchi maxsus tadbirida esa Yozyovon tumanida yashovchi A.D. va M.U. tomonidan 3 yoshli bolani 7 ming dollariga sotib yuborilishining oldi olindi.

Farg`ona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo`yicha ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar