Toshkent viloyati IIBning “UzNews.uz”ga xabar berishicha, 2018 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyat IIB hamda MXXning Toshkent viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida, Toshkent shahrida doimiy ro`yxatda turib, Qibray tumanida vaqtincha yashovchi, 29 yoshli Madina Abdullaeva o`zining sherigi, Toshkent shahrida yashovchi, 37 yoshli Shohista Yunusova bilan, oldindan tayyorlab qo`yilgan viza va chipta asosida Qibray tumanida yashovchi, 23 yoshli Munisa Sa`dullaevani, aeroport orqali Hindistonga yuborayotgani aniqlangan.
Oldindan til biriktirib, ular Munisani Dehli shahridagi tanishlari “Dilfo`za” ismli shaxsning yoniga fohishalik bilan shug`ullanish uchun yollab, jo`natib yuborayotgan vaqtlarida qo`lga olindilar.
Hozirda, Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Madina Abdullaeva hamda Shohista Yunusova va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “e,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Jinoyat prosessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ism-shariflar o`zgartirildi.