1

Qo`qonda ko`cha “avtoriteti” ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 25.01.2018, 21:06
Qo`qonda ko`cha “avtoriteti” ozodlikdan mahrum etildi

“Huquq” gazetasi xabariga ko`ra, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida savdogar oiladagi voyaga etgan yigit to`qlikka sho`xlik qilib, o`zini “avtoritet” sifatida tan olishlari uchun “ko`cha ko`zir”lari bilan mushtlashib yurgan.

Shuningdek, xuddi xorijning jangovar filmlaridagi kabi qurol saqlab, engil mashinada kezib, bar, restoranlarda vaqtichog`lik qilishga odatlangan.

Ismi oshkor etilmagan yigit 16 kalibrli “IJK” rusumli miltiqda otishma sodir etib, bir kishini og`ir yaralagan, yana bir vatandoshni pichoqlagan. Bir muddatda Toshkentda qochib yurgan. Zo`ravonlik bilan tevarak-atrofdagilarga hukmini o`tkazmoqchi bo`lgan “avtoritet” qo`lga olinib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1