1

Toshkent shahrida ikki haftada qidiruvdagi 105 jinoyatchi ushlandi

Jinoyat 26.01.2018, 06:34
Toshkent shahrida ikki haftada qidiruvdagi 105 jinoyatchi ushlandi

Yanvar oyining keyingi ikki haftasida poytaxtda qidiruvda bo`lgan 105 nafar jinoyatchi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 11 yanvaridan 25 yanvariga qadar sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlash maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida 18 ta jinoyat, jumladan, 12 ta o`g`irlik va 4 ta firibgarlik jinoyati ochilgan.

Bedarak yo`qolgan shaxslarning 21 nafari topilib, yashash joylariga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1