1

Fermer 8 gektar erni 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi

Jinoyat 26.01.2018, 08:24
Fermer 8 gektar erni 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi

Farg`ona viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda “Isomiddin Komiljon ko`li” fermer xo`jaligi rahbarining jinoyati fosh etildi, deb yozadi O`zA.

Mamlakatimizda fermer xo`jaliklarini rivojlantirish, ular faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Afsuski, "Sholi kurmaksiz bo`lmaydi", deganlaridek, davlat unga ishonib topshirgan erni pullab, mo`may daromad olishni maqsad qilgan fermer xo`jaliklari rahbarlari ham uchrab turadi.

Er – umummilliy boyligimizdir. O`zbekiston Respublikasining “Er to`g`risida“gi, “Fermer xo`jaligi to`g`risida“gi qonunlari va boshqa hujjatlarda davlat eri sotilmasligi, aksincha, fermer xo`jaliklariga er uzoq muddat foydalanish uchun ijaraga berilishi ta`kidlangan.

Farg`ona viloyati Rishton tumanidagi “Isomiddin Komiljon ko`li” fermer xo`jaligi rahbari M.Isomiddinov 30 gektar er maydonidan 8 gektarini tanishi T.M.ga sotmoqchi bo`ldi. Fermer sotayotgan er maydonini Rishton tumani hokimligi er ajratish komissiyasidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini ham aytadi. Albatta bu quruqqa bo`lmasligini bildirib, tanishidan 10 ming dollar talab qiladi. Vaholanki, fermer er ajratish tender tanlovlari orqali amalga oshirilishini ham yaxshi bilardi. Afsuski, nafs ustun keldi.

T. M. ning arizasiga asosan M.Isomiddinov Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va MXX Rishton tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda Farg`ona shahridagi Qirguli mavzesida 10 ming dollardan 6 ming dollarini olayotgan paytda ushlandi.

“Isomiddin Komiljon ko`li” fermer xo`jaligi rahbari M. Isomiddinovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zatildi. Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1