AsosiyJinoyat

Chilonzordagi bog`chada mudira o`z tanishining qorniga pichoq tiqdi

'Chilonzordagi bog`chada mudira o`z tanishining qorniga pichoq tiqdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra bog`cha mudirasi tanishining qorniga pichoq tiqqan.

2018 yilning 25 yanvar kuni, soat taxminan 14:30da Toshkent shahrining Chilonzor tumani 9-daha 24-uyda yashovchi, 215-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi, 1984 yilda tug`ilgan D.Saidmatova ish joyida o`zaro janjal oqibatida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi, B.Iskandarovning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada B.Iskandarov kasalxonaga yotqizilgan. D.Saidmatova esa ushlangan.


    Boshqa yangiliklar