AsosiyJamiyat

FVV va DBQ chegaradan o`tayotgan fuqarolar o`rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda

'FVV va DBQ chegaradan o`tayotgan fuqarolar o`rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda'ning rasmi

24-25 yanvar kunlari Toshkent viloyatining “G`isht ko`prik”, “Navoiy”, “Najimov” va “Yallama” chegara-bojxona komplekslarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari tomonidan chegaradan o`tayotgan fuqarolar o`rtasida shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish hamda zaruriyat bo`lganda FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi to`g`risida tushuntirish ishlari olib borildi.

FVV ma`lumotlariga ko`ra, tadbir davomida aholiga vazirlikning 2600 dan ortiq vizitkalari tarqatildi.

Bu kabi tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan butun respublika bo`ylab o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar