AsosiyDunyo

Obamaning qora tanli radikallar bilan uchrashgan maxfiy fotosurati topildi

'Obamaning qora tanli radikallar bilan uchrashgan maxfiy fotosurati topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq AQSh prezidenti Barak Obamaning qora tanli musulmon radikallari etkachisi Luis Farrax Xon bilan tushgan surati paydo bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.


Mazkur surat bundan 13 yil ilgari, Barak Obama Illinoys shtati senatori bo`lgan vaqtda fotosuratchi Askiya Muhammad tomonidan suratga olingan. O`sha paytlarda jurnalistlar uning mavqeiga putur etkazmaslik uchun bu suratni chop etishmagan.

Luis Farrax Xon — amerikalik jamoat arbobi, “Islom davlati” radikal tashkilotining rahbari hisoblanadi. U bir necha marotaba irqchilik va antisemitizmda ayblangan. Luis Farrax Xon har doim Obamani qo`llab-quvvatlashini aytganiga qaramay, Barak Obama masofa saqlashga harakat qilgan.

    Boshqa yangiliklar