AsosiyJamiyat

Lola Karimova-Tillaeva otasini xotirlab «manzilsiz maktub» yozdi

'Lola Karimova-Tillaeva otasini xotirlab «manzilsiz maktub» yozdi'ning rasmi

Lola Karimova-Tillaeva Facebook’dagi sahifasida O`zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning oilaviy arxivdan olingan suratini joylab, o`zi qayd etganidek, «manzilsiz maktub» qoldirdi. Uni o`z holicha keltirib o`tamiz.

«Sizni yana tushimda ko`rdim. Tushlarimga juda ko`p kirasiz, va ba`zida siz hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek elkangizdan quchib yuzingizdan o`pib qo`ygandek, taftingizni his qilgandek tuyg`usi bilan uyg`onib ketaman. Men juda-juda ham sizni sog`indim....Bir yil oldin sizning kabinetingizda bo`lganimda, men ish stolingiz ustidagi qo`lyozmalaringizni olib, o`z stol javonimga solib qo`ygandim. Kuni kecha qizalog`im Safiya (u olti yoshga kirdi va juda ham sizga o`xshaydi), o`sha javonni ochgan edi, ko`z yoshlarimizni tiyib turolmadik....qizcham boshini ko`targisi kelmas, chunki ko`zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi....keyin esa ozgina vaqt o`tib, u ko`z yoshi aralash sukunatni engishga harakat qilib, menga boqdi-da: «Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutayaptilar» dedi.
Ba`zi sabablarga ko`ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o`zingizning yangi go`zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag`rida, o`z xalqingiz — o`z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz.Men sizni yana tushimda ko`rdim....bu tush emas misoli chin edi....hayotsiz deb o`yladim..... men o`ngimda sizning yuzingizga tega olmasam-da, ammo qalblarimiz ruhan bir-biri bilan so`zlashayotgandek, sizni ko`ra olmasam-da yonimda turib, meni tubdan kuzatayotgandeksiz nazarimda......men buni his qilayapman....men buni bilaman...»

    Boshqa yangiliklar