AsosiyJamiyat

Andijonda rossiyalik hamkorlar bilan dori-darmon ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

'Andijonda rossiyalik hamkorlar bilan dori-darmon ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Andijonda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov va Rossiya Federasiyasining farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Medsintez” zavodi bosh direktori A.Podkoritov bilan uchrashuvda o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha kelishuv imzolandi.

Uchrashuvda Andijonda “Dializ” markazini tashkil etish, markazda infuzion eritmalar, insulin, qattiq va suyuq shakldagi turli dori-darmonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishi, yangi ish o`rinlari yaratish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Rossiyalik investorlar ushbu loyihani amalga oshirish mumkin bo`lgan mavjud ob`ektlar bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar