AsosiyJamiyat

Deputatlar Sergeli aholisining holidan xabar olishdi

'Deputatlar Sergeli aholisining holidan xabar olishdi'ning rasmi

Bugun har bir deputatning joylarda bo`lib, aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni o`rganishi jamiyat hayotining barcha sohalarida o`tkazilgan ishlarning tanqidiy tahlili asosida aniqlangan qator muammolarni bartaraf etishda fidoyilik ko`rsatishi ulardan talab qilinayotgan asosiy vazifalardan biri sanaladi. Jamiyat hayotining qaysi sohasini olmang uni isloh qilish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Har qanday soha va tarmoqdagi dolzarb muammolar aholimiz bilan ochiq muhokama qilinib, echimi topilayotgani kishini quvontiradi.

Muhtaram Pezidentimiz ta`kidlaganlariday, deputat bo`lish, xalq ishonchini qozonish va uni munosib ravishda oqlash murakkab ish. Buning uchun biz deputatlar doimo el-yurtning tashvish va muammolari bilan yashaydigan xalqqa eng yaqin odam bo`lishimiz lozim. Har kimga ham nasib etmaydigan bunday sharafli vazifani davlatimiz rahbari tomonidan qo`yilgan mezonlarga munosib ado etmog`imiz darkor.

Albatta, bunday ulkan mas`uliyat tajribali deputatlardan maslahat olishni, har bir ishda “etti o`lchab bir kesish”ni taqozo etadi. Uch yildan buyon o`zining deputatlik faoliyatini olib borayotgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Farxod Abdullaevning bu boradagi quyidagi maslahatlariga quloq tutdim.

– Yurtboshimiz ta`kidlaganiday, har qanday ishda eng muximi jonkuyarlik, biz hududni yaqindan o`rganib, undagi mavjud va kelib chiqayotgan muammolarni ildizini topib bartaraf etishimiz, aholi turmush tarzini yaxshilash uchun bor kuch-g`ayratimizni safarbar qilishimiz lozim, deya ta`kidlaydi u.

Ushbu tadbirga Sergeli tumani “Sofdil” mahallasidagi 24-Lutfikor okrugidan deputat bo`lib saylangan Ikromjon Babaxanov, “Daryo bo`yi” mahallasidagi 29-Chortoq okrugidan saylangan Mirlaziz Saidovlar ham qo`shildi. Tumandagi tadbirkorlar ham kam ta`minlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etib fikrimizni qo`llab-quvvatlashdi.

“Qum Ariq” mahallasi raisi M. Bo`rieva bilan uyma-uy yurganimizda hudud haqidagi ma`lumotlarimiz ancha boyidi. Tuzgan yillik rejalarimiz keksa otaxonlarimizning jo`yali maslahatlari bilan to`ldirildi. Mahalla ahlining ko`zlaridagi quvonch bizning kelgusi faoliyatimizga yanada ruhlantirdi.

Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, bugun zamonning o`zi siyosiy partiyalarning ish uslubini tubdan o`zgartirish, ularning aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli yo`lga qo`yishni talab etmoqda. Shunday ekan, barchamiz o`zimizga ishonib topshirilgan yuksak ishonchni oqlab, balandparvoz gaplarni chetga surib, aniq amaliy ishlar bilan odamlarimiz, saylovchilar ishonchini qozonishimiz, ularning qalbidan joy olishimiz shart.

Zero, xalq ichiga kirmasdan, ko`z bilan ko`rmasdan asl vaziyatni bilish, oldimizda bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarni ko`rish mushkul ishdir.

Ravshan Gulamov

Sergeli tuman Kengashiga 7-Obirahmat okrugidan saylangan deputat

“Milliy tiklanish”DP deputatlik guruhi a`zosi

    Boshqa yangiliklar