AsosiyJamiyat

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari sotilishining oldi olindi

'Sifati kafolatlanmagan dori vositalari sotilishining oldi olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida tibbiy dori vositalarining noqonuniy harakatiga oid tezkor tadbir o`tkazildi.

Toshkent – Buxoro yo`nalishida harakatlanayotgan X.U. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasida qaerda ishlab chiqarilgani noma`lum va sifati to`g`risida hech qanday tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan hamda o`zbek tilida markirovkalanmagan 14 turdagi tibbiy dori vositalari topildi.

Fuqaro X.U. ko`rsatmasiga ko`ra, ushbu dori vositalarini unga Toshkent shahrida yashovchi “Malika” ismli fuqaro Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi “Guli” ismli ayolga etkazib berishni so`ragan.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizasiya davlat markazi davlat unitar korxonasi xulosasiga ko`ra, ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu dori vositalarining sotilishi taqiqlangan va tibbiyotda qo`llanilishiga ruxsat etilmagan. Inson hayoti va sog`ligiga bo`lgan samarasi kafolatli emasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar