“O`zstandart” agentligi tomonidan ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, “Go`sht va go`sht mahsulotlari xavfsizligi” to`g`risida Umumiy texnik reglament qabul qilindi.
Ushbu texnik reglament go`sht hamda go`sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qadoqlash va tamg`alash, transportda tashish, sotish hamda yo`q qilish bo`yicha yagona xavfsizlik talablari o`rnatilishini ta`minlaydi.
Texnik reglament kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan go`sht, parranda go`shti va go`sht mahsulotlari, go`sht konservalari va boshqa 140 turdagi go`sht va go`sht mahsulotlarini qamrab oladi.
Ushbu texnik reglament rasmiy e`lon qilingan kundan boshlab o`n sakkiz oy o`tgach kuchga kiradi.






