1

Qidiruvdagi ot o`g`risi qo`lga olindi

Jinoyat 31.01.2018, 17:29
Qidiruvdagi ot o`g`risi qo`lga olindi

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar hududda fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, jamoat tartibini saqlash, turli huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olishda yuksak samaralar bermoqda.

Bo`ka tumani Ko`korol mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan J.Salimov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) 2017 yil 9 dekabr kuni tunda noma`lum shaxs “Sherali Begzod Fayz” fermer xo`jaligi dala maydonidan bir bosh qora molni o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan K.Dostonov va 1980 yilda tug`ilgan A.Niyozov sodir qilgani aniqlandi. Ayblanuvchilar qo`lga olinib, ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ashyoviy dalil sifatida olingan bir bosh qora mol jabrlanuvchiga qaytarildi.

Quyi Chirchiq tumanida 2017 yil 5 mayga o`tar kechasi Abay nomidagi mahallada yashovchi fuqaro S.Mustafoevga tegishli, narxi taxminan 2 million 500 ming so`m bo`lgan bir bosh ot shu mahallada joylashgan “Alfa” fermer xo`jaligi dalasidan o`g`irlab ketilgan. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov ishlari natijasida jinoyatchi qo`lga olindi.

Jinoyatchi tumandagi Qalmoq mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan P.Murodov ekani aniqlandi.

Xalqimizda “O`g`rilik mol boy qilmas” degan naql bejiz aytilmagan. Qonunbuzarlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo`lga olinib, barchasi qilgan aybiga iqror bo`lgan holda qilmishidan pushaymon bo`lmoqda.

Shunday ko`ngilsizliklarning oldini olish maqsadida viloyat IIB tergov boshqarmasi xodimlari mahalla fuqarolar yig`inlari, ta`lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta`minlash, sodir etilgan jinoyat, sud va tergov jarayonlariga aloqador holatlarni o`rganish, tinchlik-osoyishtalik va totuvlikni mustahkamlash bo`yicha jamoatchilik bilan uchrashuv va muloqotlar o`tkazmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1