Farrosh qiz fuqaroni qorniga pichoq urib, jarohat etkazdi

Jinoyat 31.01.2018, 17:48
Farrosh qiz fuqaroni qorniga pichoq urib, jarohat etkazdi

Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida jinoyat AYoQShda farrosh bo`lib ishlovchi qiz fuqaroning qorniga pichoq urdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda qayd etilishicha, 10 yanvar kuni soat 19:00larda G`uzor tumani “Chanoq” mahalla fuqarolar yig`ini Navbahor ko`chasi 134-uyda yashovchi, tuman hududida joylashgan “Avaz bobo” AYoQSh farroshi, 1998 yilda tug`ilgan D.B. shu AYoQSh oldida o`zaro janjal oqibatida 1998 yilda tug`ilgan I.T.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada I.T. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1