Yangi zelandiyalik baliqchi serfing bilan shug`ullanayotib qo`li bilan 11 kilogrammli olabug`ani ushlab oldi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar bermoqda.
Jeyson Groukott syorfing taxtasida suzib ketayoganida, baliqning suzgichlarini ko`rib qoladi. 60 metr uzoqlikdagi olabug`aning qornida nahangning tish izlari bo`lib, u tinmay tipirchilardi. Groukott baliqqa yaqinlashib, ortidan sho`ng`imoqchi bo`ldi, lekin baliqning o`zi syorfing taxtasiga sakrab chiqib oldi. Baliqchi uni dumi va oyquloqlaridan shartta ushladi-da, tezda arqon bilan syorfing taxtasiga mahkam bog`ladi.
Sohilda baliqning og`irligi 11 kilogramm ekanligi ma`lum bo`ldi.






