AsosiyJamiyat

Ko`p qavatli uyning har bir qavatida bog` yaratish mumkin

'Ko`p qavatli uyning har bir qavatida bog` yaratish mumkin'ning rasmi

Navoiy shahrida barpo etilayotgan 7 qavatli “Garden House” uylar majmuasida qurilish ishlari yakunlandi. Bu uylarning o`ziga xosligi shundaki, har bir qavatda kichik bog` tashkil etib, mevali va sitrus ko`chatlar etishtirish imkoniyati mavjud, deb yozadi O`zA.

“Navoiy komfort qurilish servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 270 xonadonga mo`ljallab bunyod etilgan turar joy binosining erto`lasida bolalar uchun turli attraksionlar o`rnatilgan, ko`ngilochar o`yinlar zali faoliyat ko`rsatmoqda. Birinchi qavatda oilaviy oshxona, bouling zali va do`konlar joylashgan. Yuqori tezlikdagi internet tarmog`i aholi uchun qulaylik yaratadi.

– Binolarning isitish tizimi markazlashtirilgan bo`lib, eng zamonaviy qozonlar bilan jihozlangan, – deydi “Navoiy komfort qurilish servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori o`rinbosari Shuhrat Tillaev. – Majmuaning xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xonadonlarga namunali xizmat ko`rsatadi. 7 qavatli binoning har bir qavatidagi kichik ayvonda aholi dam olishi hamda pakana navli daraxt ko`chatlarini parvarishlashi uchun kichik bog` maydoni ajratilgan. Bu insonga o`zgacha zavq bag`ishlaydi. 7-qavatda kichik mehmonxona joylashgan. Majmua hovlisi o`ralgan bo`lib, maxsus qo`riqlash xizmati yo`lga qo`yilgan. Bolalar uchun yozgi cho`milish havzasi, sun`iy qoplamali futbol va voleybol maydonlari barpo etilmoqda. Bino old qismida musiqali favvora o`rnatilayotir.

    Boshqa yangiliklar